my5
Sevimli

Toshkentda birjadagi narxlarning monitoringi natijasida, 306 million so`m asossiz olingan daromad aniqlandi

Jinoyat 20.09.2021, 17:52
Теглар: Monopoliya
Toshkentda birjadagi narxlarning monitoringi natijasida, 306 million so`m asossiz olingan daromad aniqlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq Monopoliyaga qarshi kurashish organi  o`tkazgan birja narxlari monitoringida Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan “AMMOFOS-MAXAM” AJ tomonidan 2021 yil aprel, iyul oylarida birja savdolariga qo`yilgan ammofos mahsulotini tasdiqlangan grafikda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda qo`yilishida reja-jadval buzilganligi holatlari aniqlandi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, “AMMOFOS-MAXAM” AJ tomonidan 2021 yil aprel, iyul oylarida mahsulot narx o`sish hisobiga jami 306 million 086 ming 80 so`m qo`shimcha asossiz daromad olinganligi ma`lum bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan “Ammofos Maxam” AJga nisbatan ish qo`zg`atilib, maxsus komissiya tomonidan ko`rib chiqilgan.

Natijada, “AMMOFOS-MAXAM” AJ tomonidan asossiz olingan qo`shimcha daromadlar belgilangan tartibda qaytarishlari bo`yicha tegishli qaror va ko`rsatmalar berilgan.

Шарҳлар

Antimonopoliya qo`mitasi tomonidan paxta yog`i narxining keskin oshishiga sabab bo`lgan 34 ta paxta-to`qimachilik klasterlariga nisbatan ish qo`zg`atildi

10.05.2021, 18:23

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan paxta yog`i narxlari keskin oshganligi yuzasidan o`rganish o`tkazildi. Bu haqda qo`mita matbuot xizmati xabar berdi.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil...
Aviachiptalar narxining qimmatligi yuzasidan antimonopoliya qo`mitasiga senator so`rovi yuborildi

17.04.2021, 14:19

Aviachiptalar narxining haddan ziyod yuqoriligi yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisiga senator so`rovi yuborildi. Bu haqda Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabar berdi.Senatning ma`lumotlariga qaraganda,...
Antimonopol qo`mitasi ichki bozorda o`simlik yog`i mahsulotlari narxi oshib ketganiga izoh berdi

10.04.2021, 23:47

Joriy yilning mart-aprel oylarida kungaboqar va paxta yog`lari narxlari keskin oshganligi ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmoqda.Holatdan kelib chiqib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan ichki bozorda o`simlik...