my5
Sevimli

Maktab darsligi uchun ijara to`lovlarini uydan chiqmasdan amalga oshirish imkoniyati yaratildi

Hi-tech 20.09.2021, 19:25
Maktab darsligi uchun ijara to`lovlarini uydan chiqmasdan amalga oshirish imkoniyati yaratildi

Endilikda umumta`lim muassasalarining darsliklari uchun ijara to`lovlarini istalgan joydan turib “Payme” va “Paynet” to`lov tizimlari yordamida amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Buning uchun “Payme” va “Paynet” to`lov tizimida “Kitob jamg`armasi” bo`limiga o`tish orqali farzandingiz tahsil olayotgan ta`lim muassasasi joylashgan hududi, muassasa nomi (raqami), ta`lim tili, sinfi va guruhini tanlangan holda o`quvchining “Familiyasi, Ismi, Otasining ismi” kiritiladi. Shundan so`ng tegishli ta`lim tili va sinfiga qarab ijara to`lovi miqdori avtomatik tarzda paydo bo`ladi. To`lovdan oldin kiritilgan barcha ma`lumotlarni tekshirish va “TO`LOV” tugmasini bosish bilan to`lov amalga oshiriladi.

Elektron to`lovlar bo`yicha savollar yoki muammolar vujudga kelgan hollarda Respublika Maqsadli kitob jamg`armasining  (71) 239-14-91 yoki (71) 239-44-57 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin.

Шарҳлар