my5
Sevimli

Jizzaxda 20 yoshli qizni zo`rlik ishlatib Spark’da olib qochib ketgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 21.09.2021, 09:56
Jizzaxda 20 yoshli qizni zo`rlik ishlatib Spark’da olib qochib ketgan shaxs qo`lga olindi

Jizzax shahrida 20 yoshli qizni Spark’da o`g`irlab ketgan shaxs qo`lga olinib, jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 7 sentyabr kuni Jizzax shahar «Jizzaxlik» mahalasida yashovchi fuqaro shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu kuni shaharning «Zargarlik» mahallasi hududida 2001 yilda tug`ilgan qizni o`ziga oldindan tanish bo`lmagan shaxs zo`rlik ishlatib Spark’da olib qochib ketganini bildirgan va mazkur shaxsni topib, unga qonuniy chora ko`rilishini so`ragan.

Holat yuzasidan Jizzax shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi yigit qo`lga olingan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Aniqlanishicha, u avval bezorilik jinoyatlarini sodir etib, o`z qilmishlari uchun jazolangan bo`lgan.

Ayni paytda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар