my5
Sevimli

Jizzaxda prokuror DXX tomonidan qoʻlga olindi (video)

Jinoyat 21.09.2021, 10:42
Теглар: prokuror
Jizzaxda prokuror DXX tomonidan qoʻlga olindi (video)

Jizzaxda tuman prokurori DXX tomonidan qo`lga olindi.

U 800 AQSH dollari pora olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. DXX matbuot xizmati bu haqda ma`lum qildi.

Ma`lum bo`lishicha, Jizzax viloyatidagi tuman prokurorlaridan biri ta`mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan shug`ullanuvchi davlat unitar korxonasining mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida o`tayotgan qurilish firmasi rahbariga qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo`llamaslik hamda mazkur firmada aniqlangan kamomad miqdorini kamaytirib ko`rsatish evaziga undan 2 ming AQSh dollari so`rab, muqaddam ushbu puldan 1200 dollarini oladi.

DXXning Jizzax viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda tuman prokurori o`z xizmat xonasida pulning qolgan 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Samarqandda ham ana shunday jinoiy harakatning oldi olindi.

Gap shundaki, Samarqand viloyatidagi tuman prokurorlaridan birining o`rinbosari moddiy manfaatdor bo`lish maqsadida, mahalliy fermer xo`jaligi rahbariga nisbatan sud tomonidan tayinlangan 3 yil ozodlikni cheklash jazosini boshqa og`irroq jazo turiga o`zgartirish uchun protest kiritib, sudning apellyasiya bosqichi jarayonida hukmni o`z kuchida qoldirish evaziga 10 ming AQSh dollari talab qiladi.

DXXning Samarqand viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda ushbu so`ralgan pulni prokuror o`rinbosarining topshirig`iga ko`ra, uning vositachisi olgan vaqtida ushlandi. 

Tuman prokurori o`rinbosarining bu ishga aloqadorligi uning vositachisi bergan ko`rsatma hamda o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida to`plangan ashyoviy dalillar asosida to`liq tasdig`ini topgan.

Шарҳлар

Qo`rg`ontepa prokurori obodonlashtirish xodimlarini uyiga "hashar" ga jalb qilganligi tufayli lavozimidan ozod etildi

23.08.2021, 16:52

Ijtimoiy tarmoqlarda  prokuror o`z uyiga obodonlashtirish xodimlarini "hashar" ga jalb qilinganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.Qo`rg`ontepa tumani prokurori haqiqatdan ham Andijon tumanida joylashgan uchastkasida tuman obodonlashtirish...
Prokuror tadbirkorga mayib qilishini aytib "tahdid" qildi-mi? Tarqalgan audioyozuvlar bo`yicha izoh berildi

14.08.2021, 21:01

Ijtimoiy tarmoqlarda "Prokuror tadbirkorga mayib qilishini aytib "tahdid" qildi" sarlavhasi bilan xabarlar tarqaldi. Mazkur holat Samarqand viloyati Prokurori bilan bog`liqligi aytilmoqda.Internetda Narpay tuman prokurori tahdid qilganligi...
Buxoro viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

20.01.2021, 12:39

Markaziy Saylov komissiyasi raisi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Maxmud Shuxratovich Istamov Buxoro viloyatining prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi axborot xizmati xabar...
Samarqand viloyatida prokuror o`zgardi

10.11.2020, 12:06

Ma`lum bo`lishicha, Masharipov Ravshan Rajabbaevich Samarqand viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.Ma`lumot uchun, Ravshan Masharipov bunga qadar Sirdaryo viloyati prokurori lavozimida faoliyat...