my5
Sevimli

O`zbekistonda ichimlik suvi va oqova suv tizimlariga noqonuniy ulanganlar tufayli mamlakatga qariyb 8 milliard so`mlik zarar etkazilgan

Jinoyat 21.09.2021, 12:15
Теглар: ichimlik suvi
O`zbekistonda ichimlik suvi va oqova suv tizimlariga noqonuniy ulanganlar tufayli mamlakatga qariyb 8 milliard so`mlik zarar etkazilgan

Bugungi kunda mutasaddi tashkilotlar harakati yordamida aholi orasida to`lov intizomini shakllantirish, markazlashgan toza ichimlik suv ta`minoti tarmoqlari va oqova suv xizmatlaridan noqonuniy foydalanish holatlari oldi olinmoqda.

Xususan, joriy yilning yanvar-avgust oylarida “O`zsuvta`minot” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy mas`uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan suv ta`minoti va oqova suv tizimlariga 2798 ta noqonuniy ulanish holatlari aniqlangan. Bu haqda “O`zsuvta`minot” AJ xabar bermoqda. Ma`lum bo`lishicha, noqonuniy ulanish holatlari bo`yicha eng yuqori ko`rsatkichlar:

  1. Xorazm viloyatida – 600 ta,
  2. Toshkent viloyatida – 518 tava
  3. Toshkent shahrida – 423 ta holat qayd etilgan.

  Shuningdek, Toshkent va Samarqand viloyatlarining ayrim hududlariga xizmat ko`rsatuvchi “Musaffo obi hayot”, “Damxo`ja suv ta`minoti” va “Chimyon-chorbog` suv ta`minoti” mas`uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan 34 ta noqonuniy ulanish holatlari aniqlangan. 

Mazkur qonunbuzarliklar tufayli davlat va jamiyat manfaatlariga jami 8,4 milliard so`mlik zarar etkazilgani aytilmoqda. 

Шарҳлар

Nurafshon shahrida aholini ichimlik suvi bilan ta`minlashga ajratilgan mablag` "eb yuborildi"

26.04.2021, 16:10

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.R.” MChJ rahbari va boshqalar “Dehqonobod” va “Obod turmush” MFY hududini toza ichimlik...
1 yanvar: Iste`molchilardan suv qarzdorligini undirish MIBdan yangi tashkilotga o`tkaziladi

27.11.2019, 17:27

 “Aholining ichimlik suvi bilan ta`minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun O`zbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.Farmonga muvofiq,...