AsosiySiyosat

Saudiya Arabistoni elchisining O`zbekistondagi missiyasi yakunlandi

'Saudiya Arabistoni elchisining O`zbekistondagi missiyasi yakunlandi'ning rasmi

2021-yil 21-sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Hisham as-Suvaylimni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv davomida Elchining 2017-2021 - yillardagi samarali faoliyati qayd etildi. Ta`kidlanganidek, ushbu davr mobaynida O`zbekiston va Saudiya Arabistoni o`rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib, mustahkamlanib bordi.

Elchi, o`z navbatida, O`zbekistondagi diplomatik faoliyatinig amaliy qo`llab-quvvatlagani uchun O`zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar