my5
Sevimli

XDP deputati O`zLiDeP nomzodiga ishonchli vakil bo`ldi

Siyosat 22.09.2021, 12:29
XDP deputati O`zLiDeP nomzodiga ishonchli vakil bo`ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda "XDP deputati O`zLiDeP nomzodiga ishonchli vakil bo`ldi" degan postga paydo bo`ldi. Ushbu holat qonuniymi degan savolga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev o`z sahifasida izoh berdi.

"Ma`lum bo`lishicha, Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko`ra, XDP a`zosi hisoblangan Turdiboeva Ra`no O`zLiDePdan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko`rsatilgan nomzodning ishonchli vakili sifatida ro`yxatga olingan.  

Amaldagi Saylov kodeksining 43-moddasida, jumladan, shunday deyilgan:

“O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari uning taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro`yxatga olinadi, Markaziy saylov komissiyasi ularga tegishli guvohnomalar beradi.”;

“Deputatlikka nomzod ro`yxatga olinganidan keyin ishonchli vakillarini o`z xohishiga ko`ra belgilaydi va ular haqida tegishli saylov komissiyasiga ma`lum qiladi. Saylov komissiyasi ishonchli vakillarni ro`yxatga oladi va ularga guvohnomalar beradi.”;

“Ishonchli vakil saylov komissiyasining a`zosi bo`lishi mumkin emas”.

Demak, qonunchilikda, boshqa partiya a`zosining, boshqa partiyadan Prezidentlikka nomzodga ishonchli vakil bo`lishi uchun ta`qiq qo`yilmagan.

Shuningdek, Turdiboeva Ra`noni deputatlik saylovlarida men bilan bitta saylov okrugidan deputatlikka nomzod va hurmatli raqib sifatida bilganim shuki, ular XDPga a`zo bo`lmasa-da, nomzod etib ko`rsatilgandi" deb yozadi deputat.

Шарҳлар