my5
Sevimli

Qashqadaryoda yigit sevgilisining erini pichoqlab o`ldirdi

Jinoyat 22.09.2021, 15:45
Qashqadaryoda yigit sevgilisining erini pichoqlab o`ldirdi

Qashqadaryoda yigit rashki uning qotil bo`lishiga sabab bo`ldi. Bu haqda Oliy sud Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Voqelar rivojiga ko`ra, Qarshi tumanida yashovchi Sherzod Meyliev bundan roppa-rosa olti yil burun qo`sh­ni Nishon tumanidagi qishloqlardan biridan istiqomat qiladigan Nigora Botirova bilan telefon orqali tanishib qoladi. Ke­yin­chalik ular uchrashgach, bir-birlarini yoqtirib qolishadi va Sherzod Nigoraga uylanadigan bo`ladi.

Biroq ularning ota-onasi bundan bexabar edi. Bu orada Sherzod ishlash uchun chet elga jo`nab ketadi. Bo`yi etib kol­gan qiz emasmi, oradan ko`p o`tmay Nigorani ham so`rab, sov­chilar kela boshladi.

Tog`li tumanda yashaydigan uzoqroq tanishlaridan kelgan sovchilarga Nigoraning ota-onasi rozilik berishadi. Albatta, bunga Nigora qattiq qarshilik ko`rsatadi, lekin ota-onasi o`z bilganidan qolmaydi.

Xullas, Nigora ota-onasining qistovi bilan Bahrom ismli yigitga uzatiladigan bo`ldi. Nigoraning yaqinlari kuyov bo`l­mish Bahrom ilgari uylangani, ammo farzand ko`rmagani tufayli ajrashganini bilishgan, faqat buni to`y arafasida Nigora aytishadi.

Oila uzoq bormaydi, Nigora to`rt oydan so`ng ota xonadoniga qaytib keladi. Ammo u boshidan kechirgan bu savdolarni chet elda ishlab yurgan Sherzodga aytmaydi, uning qo`ng`iroqlariga ham javob bermay qo`yadi. Sherzod esa, bu voqealardan tanishlari orqali xabar topadi va Nigoraning o`zi bilan gaplashib, aniqlik kiritishga ahd qiladi. Ke­yinchalik Nigoraning o`zidan barchasini eshitgach, Sherzodning ko`nglida Bahromga nisbatan tiyiqsiz alam paydo bo`ladi. Chet eldan qaytib kelgach, Nigoradan Bahromning yashash manzilini so`rab oladi. U Nigoraning gapiga ishonib-ishonmay o`zi ham Bahromning yashash manzili hamda uning kasb-korini tanishlaridan so`rab-surishtiradi.

Shundan so`ng Sherzod Bahromdan qanday o`ch olish haqida o`ylay boshlaydi.

Ammo buni yolg`iz o`zi eplay olmasligiga ko`zi etgach, sherik izlashga tushadi.

Ko`p o`t­may jinoiy sherik ham topiladi. Qarshi shahridagi qurilishlarda birga ishlaydigan Rustam Rasulov avvaliga uning taklifiga rozi bo`lmaydi, ammo keyinchalik Sherzodning va`dalariga uchib, rozilik beradi.

Shundan so`ng ular jinoiy qilmishga obdon hozirlik ko`rishadi. Sherzod ikkita katta oshxona pichog`i va maxsus qo`lqoplar sotib oladi. O`sha kun kechki payt Sherzod jiyani Shuhratga telefon qiladi va yoqilg`i olib berishini aytib, ularni uzoq bir manzilga olib borishini iltimos qiladi.

Kech soat 21.00 larda Shuhratning «Lasetti» rusumli avtomashinasida uchalasi Bahrom yashaydigan qish­loq tomon yo`l olishadi. Yo`l-yo`lakay Sherzod Shuhratga va`da qilgan yoqilg`ini avtomashinaga quydirib beradi.

Yo`lda Sherzod avtomashinaning or­qa va oldi raqamini echib oladi.

Jiyanining bundan ajablanganini ko`rgach, «bir qaltis ishga qo`l ur­ganmiz, hozircha bu sir, ke­yinchalik bilib olasan», deydi u sirli ohang­da.

Sherzod Bahrom yashaydigan qishloqqa chamasi, ikki chaqirim masofa qolganda, avtomashinani to`xtatishni buyuradi:

— Sen bizni shu erda kutib tur, bir yarim soatlardan so`ng qaytib kelamiz, — deydi Sherzod jiyaniga.

Bu paytda tun ikkinchi yarmiga oqqan edi.

Ular Botir yashaydigan hovli darvozasini taqillatadi. Botir chiqib kelgach, Sherzod qo`shni qishloqqa ketishayotgani, ammo yo`lda yoqilg`i tugab qolganini aytadi.

— Qancha yoqilg`i kerak? — de­di Botir ularning asl niya­tini payqamay.

— 10 litr bo`lsa, etadi, — dedi Sherzod unga javoban va yoqilg`ining haqini Botirning qo`liga tutqazdi.

Oradan o`n daqiqa o`tmay Botir yoqilg`i to`ldirilgan elim idishlarni ko`tarib, uydan chiqdi. Shunda Sherzodning jinoiy sherigi Rus­tam o`smoqchilab, Bahromdan nimanidir so`radi. Aslida uning niyati Bahromni chal­g`itish edi. Bahrom ham unga yuzlanib, savoliga javob berayotganda, ortida turgan Sherzod kos­tyumining engidan oshxona pichog`ini olib, uning biqini va ko`ksiga bir necha marta zarb bilan sanchadi…

Botirning baqirganini eshitib, hovlidan akasining xotini yugurib chiqadi. Ayol dodlagancha qotillarning ortidan yugurdi. Biroq jinoiy sheriklar voqea joyidan allaqachon g`oyib bo`lgandi.

Sud jinoyatchi sheriklarning qilmishini batafsil muhokama etib, ularning har biriga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi tegishli bandlarini qo`llagan holda, uzoq muddatli qamoq jazosi tayinladi. Shu bilan birga, sudlanuvchilardan marhumning qonuniy vakili foydasiga 50 million so`m ma`naviy zarar solidar tartibda undiriladigan bo`ldi.

 

Шарҳлар