my5
Sevimli

Joriy yilning oxirida 5 yoshgacha bo`lgan bolalarda kovidga qarshi vaksinani sinab ko`rish rejalashtirilmoqda

Dunyo 22.09.2021, 16:45
Joriy yilning oxirida 5 yoshgacha bo`lgan bolalarda kovidga qarshi vaksinani sinab ko`rish rejalashtirilmoqda

Pfizer va BioNTech vaksinasi xavfsiz va 5 yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan bolalarda "barqaror" immunitet reaksiyalarini keltirib chiqaradi, deyilgan kompaniyalar qo`shma bayonotida

BioNTech/Pfizer vaksinasi Amerika Qo`shma Shtatlarida birinchi bo`lib 12 yoshdan katta o`smirlar uchun tasdiqlangan. Shu yilning oxirida kompaniyalar 5 yoshgacha bo`lgan bolalarda sinab ko`rishni rejalashtirmoqda. 

Emlash bolalar uchun xavfsiz va samarali ekanligiga ishonch hosil qilish uchun bolalar tadqiqotlari kattalarga qaraganda ancha uzoq davom etishi mumkin, degan shifokor va Amerika Pediatriya Akademiyasining sobiq prezidenti Sara Goza Financial Times  nashriga. 

Ta`kidlanishicha, bolalar uchun vaksinalarga ehtiyoj ortib bormoqda. Masalan, Qo`shma Shtatlarda maktab o`quvchilari orasida kasallanish holati kattalarga nisbatan pastligicha qolsa -da, o`quv yili boshidan o`smirlar orasida deyarli besh barobar, 4 yoshgacha bo`lgan bolalar orasida esa deyarli o`n barobar ko`paydi.

 

Шарҳлар