my5
Sevimli

Farg`onada 8 oy davomida 485 million dollarlik tovarlar eksport qilindi (diagramma)

Iqtisodiyot 22.09.2021, 18:23
Теглар: Davlat bojxona qo`mitasi
Farg`onada 8 oy davomida 485 million dollarlik tovarlar eksport qilindi (diagramma)

Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan joriy yilning o`tgan 8 oyi davomida jami qiymati 485 million dollarlik tovarlar eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi. Bu ko`rsatkich o`tgan 2020 yilning shu davrida 346 million dollarini tashkil etib mos ravishda 139 million dollariga yoki 40,1 foizga ko`p demakdir. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi xabar berdi.

Mahsulotlarning eksporti jami 58 ta davlatlarga amalga oshirildi. Viloyatning asosiy eksportyor davlatlari hisoblangan Rossiya, Xitoy, Qirg`iziston va Turkiya kabi davlatlarga jami eksportning 65 foiziga teng bo`lgan 315,2 million dollarlik  tovarlar eksport qilindi.

Viloyatda eksportga yo`naltirilgan asosiy tovarlarni va ularning jami eksportdagi ulushini quyidagi diagrammadan ko`rishingiz mumkin. (1-diagramma)

Eksportga yo`naltirilgan tovarlar tarkibini tahlil qiladigan bo`lsak, o`tgan davrda eksport qilingan tovarlarning 339 million dollarlik qismi yoki 70 foizini sanoat mahsulotlari, 146 million dollarini yoki
30 foizini qishloq xo`jaligi mahsulotlari tashkil etadi.

Eksport tarkibidagi meva-sabzavot mahsulotlari jami 27 ta davlatlarga, asosan Rossiyaga 48,2 foizga teng bo`lgan 69,2 million dollarlik, Qirg`izistonga 28,7 foizga teng bo`lgan 41,3 million dollarlik, Qozog`istonga 19,7 foizga teng bo`lgan 28,3 million dollarlik, Ukrainaga 1 foizga teng bo`lgan 1,4 million dollarlik va 2,4 foiz qismiga teng bo`lgan 3,44 million dollarlik mahsulotlarga to`g`ri kelmoqda.

Farg`ona viloyatida ishlab chiqarilgan kalava ip, to`qimachilik mahsulotlari, keramika buyumlari, avtomobil ehtiyot qismlari va oyoq kiyimlar kabi tovarlarga xorijda talabning ortishi natijasida mos ravishda ushbu tovarlarning eksport hajmi ham o`rtacha hisobda 43,5 foiz o`sganini ko`rishimiz mumkin.

Viloyatdan eksport qilingan tovarlar tarkibini jami 741 ta tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodiga mansub bo`lgan tovarlar tashkil etdi.

Hisobot davrida eksport faoliyati bilan shug`ullangan tadbirkorlik sub`ektlarining soni 583 tani tashkil etdi. Mamlakatimizda eksportni qo`llab-quvvatlanayotganligi va eksportyor korxonalarga berilayotgan imtiyozlar sabab 2020 yilning mos davriga nisbatan tadbirkorlar soni 9,8 foizga yoki 52 nafarga  ko`payganini ko`rishimiz mumkin.

Viloyat miqyosida tadbirkorlar tomonidan eksportga yo`naltirilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi va nazoratini tezkorlik bilan hamda sifatli amalga oshirilishini ta`minlash maqsadida Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasining jami 5 ta tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari va ular tarkibida tashkil etilgan eksportga ko`maklashish markazlari tomonidan sutkaning istalgan vaqtida xizmat olib borilishi tashkil etilgan. Bundan tashqari bojxona sohasiga “raqamli bojxona” hamda xavfni boshqarish tizimlarini tashkil etilishi eksport jarayonlarini yanada tezlashtirilishiga xizmat qilmoqda.

Шарҳлар

Jurnalistlar uchun “Sirg`ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida press-tur o`tkazildi

13.10.2021, 19:57

Davlat byudjetining asosiy qismi soliq tushumlaridan iborat. Soliq tushumlari orasida bojxona to`lovlari asosiy o`rinni egallaydi. Shunday ekan, bojxona tizimini yaxshilash, eksport hajmini oshirish va bu...
Namanganda bojxonachilar 2,2 milliard so`mlik tovarlarni noqonuniy aylanmasiga chek qo`yishdi

22.09.2021, 19:50

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari “Namangan” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari bilan o`zaro hamkorlikda xorijiy mamlakatdan mazkur...
Toshkentda 1,3 mlrd. so`mlik shinalarning noqonuniy savdosiga chek qo`yildi

17.03.2021, 19:44

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy texnik idorasi” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan  Qo`qon shahrida faoliyat olib boruvchi korxona nomiga keltirilgan 2 ta...
Sirdaryoda rangli metall parchalarining noqonuniy aylanmasi to`xtatib qolindi

07.02.2021, 15:04

Rangli metall parchalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi "Darakchi.uz"ga xabar berdi. Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi...