my5
Sevimli

O`rtachirchiqda 35 000 dollar evaziga 10 sotix er olib berishni va`da qilgan shaxs qo`lga tushdi

Jinoyat 23.09.2021, 10:07
Теглар: O`rtachirchiq, 35 000 dollar
O`rtachirchiqda 35 000 dollar evaziga 10 sotix er olib berishni va`da qilgan shaxs qo`lga tushdi

O`rtachirchiqda 35 000 dollar evaziga 10 sotix er olib berishni va`da qilgan shaxs qo`lga tushdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M. boshqa bir fuqaro M.ning ishonchiga kirib, unga 35 000 AQSh dollari evaziga O`rtachirchiq tumani, “Qumovul” QFY hududidan 10 sotix bo`sh er maydonini tanishlari orqali olib berishni va`da qiladi.

Oldindan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani ma`lum qilindi.

Шарҳлар

O`rtachirchiqda YPX otryadi komandiriga 350 dollar pora taklif qilgan shaxs qo`lga olindi

17.10.2020, 20:54

Joriy yilning 15 oktyabr kuni Toshkent viloyatining O`rtachirchiq tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori, safdor J.Ilxomov VAZ-2106 rusumli transport vositasining haydovchisi xavfsizlik kamarini taqmasdan kelayotgani...