Qirg`iziston -Tojikiston chegarasida ommaviy janjal oqibatida to`rtta maktab o`quvchisi kasalxonaga yotqizildi, degan kecha 23 sentyabr kuni Interfaksga Qirg`izistonning Botken viloyati boshlig`i o`rinbosari Ma`rufxon Tulaev.
M.Tulaevning ma`lum qilishicha kecha to`rt qirg`iz maktab o`quvchisi tojik maktab o`quvchilari tomonidan kaltaklanadi. Voqea chegaradagi Ko`k-Tosh qishlog`ida sodir bo`lgan. 30 ga yaqin tojikistonlik maktab o`quvchilari uylariga qaytayotgan bolalarga hujum qilishgan.
Unga ko`ra, kaltaklangan maktab o`quvchilari 13-14 yoshda, ular turli jarohatlar va ko`karishlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
"Qirg`iz-tojik chegarasidagi vaziyat xavfsizlik kuchlari tomonidan nazorat qilinadi. Qirg`iziston va Tojikiston ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari chegaradagi hodisani hal qilish uchun muzokaralar olib bormoqda",- degan Tulaev.
Qirg`iz-tojik davlat chegarasida vaqti-vaqti bilan tortishuvlar, qurol ishlatilgunga qadar, bahsli hududlar ustida yuzaga keladi.