my5
Sevimli

Toshkentda reyd: yonida giyohvand modda olib yurgan va qidiruvda bo`lgan shaxslar aniqlanmoqda

Jinoyat 24.09.2021, 20:33
Toshkentda reyd: yonida giyohvand modda olib yurgan va qidiruvda bo`lgan shaxslar aniqlanmoqda

IIV YHXBB Axborot xizmatining xabar berishicha, poytaxt ko`chalaridagi tekshiruvlar davomida:

- 2021-yil 23-sentyabr kuni soat 00:10 larda, Bektemir tumani hududida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari M.Shamshiev va J.To`raboevlar tomonidan Toshkent viloyati hududidan Toshkent shahri hududiga kirib kelayotgan “Matiz” rusumli avtomobil to`xtatilib tekshirilganda, salonda bo`lgan yo`lovchi, 1995-y.t. O.N. o`zining ko`rinishi va turli xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg`otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida fuqaro O.N.ga tegishli bo`lgan paket ichidan, gugurt qutisiga joylashtirilgan, qog`oz parchasiga o`ralgan, yashil rangli, o`tkir hidli, quritilgan o`simlik moddasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro O.N. va topilgan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2021-yil 23-sentyabr kuni soat 14:10 larda, Yunusobod tumani, Mustaqillik shoh ko`chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari F.Nishonboev va G`.Saidqosimovlar tomonidan “Cobalt” rusumli avtomobil to`xtatilib, haydovchi, 1991-y.t. R.J.ning ma`lumotlari planshet moslamasi yordamida maxsus dastur orqali tekshirilganda, fuqaro R.J. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan ayblanib, 2021-yil 19-iyul kunidan buyon qidiruvda ekanligi aniqlangan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro R.J. Yunusobod tumani IIO FMBga topshirilgan.

Шарҳлар