my5
Sevimli

O`zbekiston-Eron 8:9. Futzal terma jamoasi Jahon chempionatini nimchorak final bosqichida yutqazdi

Sport 24.09.2021, 22:02
O`zbekiston-Eron 8:9. Futzal terma jamoasi Jahon chempionatini nimchorak final bosqichida yutqazdi

Bugun O`zbekiston futzal terma jamoasi Jahon chempionatining 1/8 final bosqichida bosqichidaEronga qarshi bahs olib bordi.

Eronning 1-daqiqadagi goli bilan boshlangan o`yinda umumiy hisobda 17 ta gol kiritildi. Uchrashuvning birinchi bo`limida 4:3 hisobida Eronning qo`li baland keldi.

Ikkinchi 20 daqiqalikda ham Eron tezkor gollar bilan boshladi. O`z navbatida O`zbekiston ham forslarning gollariga javob qaytarishdan to`xtamadi. Biroq o`yin yakuniga Bahodir Ahmedov shogirdlari o`ynovchi darvozabon bilan harakat qildi va qarshi hujumlarda jazolandi. O`yin yakunida Eron 9:8 hisobidagi g`alaba qozondi.

O`zbekiston JCh—2021 guruh bosqichida Gvatemala, Rossiya va Misr  bilan bir guruhdan joy olib, ikkinchi o`rin bilan plef-off bosqichiga yo`l oldi. Eron endilikda yarim finalga chiqish uchun Qozog`iston bilan bahs yuritadi.

Шарҳлар