my5
Sevimli

Evropa hamjamiyati taklifi bilan Belbog`li kurash bo`yicha yangi xalqaro tashkilotga asos solindi

Sport 25.09.2021, 14:49
Evropa hamjamiyati taklifi bilan Belbog`li kurash bo`yicha yangi xalqaro tashkilotga asos solindi

Bu haqda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi boshqarma boshlig`i Kamoliddin Usmonov ishtirokidagi brifingda ma`lum qilindi.

Evropa belbog`li kurash assosiasiyasi tomonidan bu kurash turini sof o`zbekcha so`z bilan “Bellash” deb atash taklifi ham ilgari surildi va Bellashning birinchi butunjahon ta`sis kongressi o`tkazildi.  

Ushbu bellash qoidalari O`zbekiston vakili tomonidan yozildi va Ruminiyaning Konstansiya shahrida o`tkazilgan xalqaro Kongresda tasdiqlandi.  

 Bellash Jahon assosiasiyasining maqsadi — mamlakatimizning yana bir sport turini dunyoga eksport qilib qit`a, jahon chempionati, olimpiada hamda paraolimpiada o`yinlaridan joy olish. Ushbu sport turi bo`yicha bo`lib o`tadigan musobaqalarida ko`zi ojizlar xam ishtirok etishlari mumkin  bo`ladi.  

 

 

Шарҳлар