Gandbol bo`yicha O`zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo chempionatidagi ishtirokini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu gal vakillarimiz aniq mundial yo`llanmasini qo`lga kiritishdi.
JChga so`nggi o`rin 5-pog`ona uchun kechgan bellashuvda qizlarimiz gonkonglik raqibalariga qarshi maydonga chiqishdi. O`ta keskin va murosasiz kechgan bahs hamyurtlarimizning 28:25 hisobidagi g`alabasi bilan yakunlandi.
Eslatib o`tamiz, bundan avval Iordaniyani mag`lub etib, oltilikka kirgan jamoamiz JChga yo`llanma olishi kerak edi. Biroq Xalqaro gandbol federasiyasi ushbu musobaqa uchun ajratilgan kvotani beshtaga qisqartirgach, Ispaniya maydonlarida o`tadigan chempionat uchun yana bir g`alaba qozonishimiz lozim bo`ldi. Ta`kidlash joiz, qizlarimiz guruh bosqichi doirasida gonkonglik qizlarga imkoniyatni boy berishgan edi.