my5
Sevimli

O`zbekiston qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qilgan?

Iqtisodiyot 26.09.2021, 11:16
O`zbekiston qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qilgan?

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida O`zbekiston xorijga qiymati 19,3 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 69,7 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Bu yil mamlakatimizda etishtirilgan qovun va tarvuzlar 20 ta xorijiy davlatlar bozorlariga etkazib berilgan bo`lib, eksport hajmi o`tgan yilning mos davriga nisbatan 9,5 ming tonnaga kamaygan.

O`tgan 8 oy mobaynida O`zbekiston eng  ko`p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:

 Qozog`iston – 29,2 ming tonna

 Rossiya – 19,2 ming tonna  

Qirg`iz R. – 10,2 ming tonna  

Ukraina – 4,9 ming tonna

Latviya – 2,3 ming tonna

Belarus – 1,3 ming tonna

Tojikiston – 960,8 tonna

Germaniya – 939,4 tonna  

 

Шарҳлар