my5
Sevimli

Toshkent xalqaro kinofestivalida "Disko raqqosi" filmi qahramoni — Mithun Chakraborti ishtirok etishi kutilmoqda

Madaniyat 26.09.2021, 17:12
Теглар: Mithun Chakraborti
Toshkent xalqaro kinofestivalida "Disko raqqosi" filmi qahramoni — Mithun Chakraborti ishtirok etishi kutilmoqda

28 sentyabrdan boshlanayotgan Toshkent xalqaro kinofestivaliga "Disko raqqosi" filmidagi Jimmi roli bilan tanilgan afsonaviy hind aktyori Mithun Chakraborti ham tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda Kinomotografiya agentligiga tayanib Zamon.uz nashri.

Kinofestival ochilish marosimida ishtirok etishi kutilayotgan taniqli mehmon o`z davrida  "Disko raqqosi", "O`yna, o`yna" va "Qirollik ovi" kabi  kinokartinalar orqali muxlislar qalbidan joy olgan.

Eslatib o`tamiz, Toshkent xalqaro kinofestivali "Kino 5 kunda", "Jahon mamlakatlari kinosi kunlari", Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali va viloyatlarda yangi kino manzillarning ochilishi kabi katta dasturni o`z ichiga olgan.

"Shuningdek, kinofestival doirasida 14 ta xorij davlatlarining kino kunlari bo`lib o`tadi. Hindistonning 24 kishidan iborat delegasiyasi ham o`zining filmlari va maxsus dasturi bilan ishtirok etadi",– deyiladi xabarda.

Шарҳлар

Mitхun Chakraborti: "Men o`zbek filmida rol ijro etishga tayyorman"

28.09.2021, 13:52

Bugun 28 sentyabr kuni "Ipak yo`li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivali start oldi.Unda Mithun Chakraborti o`zbek filmida rol ijro etishga tayyorligini bildirdi."O`zbekistonga to`rtinchi marta tashrif...