Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmati O`zbekiston delegasiyasining Afg`oniston bo`yicha TTDHK Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig`ilishidagi ishtiroki to`g`risida xabar berdi.
Unga ko`ra, 2021 yil 27-28 sentyabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya Afg`oniston bo`yicha Istanbul shahrida bo`lib o`tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig`ilishida ishtirok etadi.
Uchrashuv davomida xavfsizlik va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, shuningdek, Afg`onistondagi vaziyat muhokama qilinishi rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.