my5
Sevimli

Butunrossiya davlat kinematografiya institutining filiali birinchi bo`lib Toshkentda ochiladi

Madaniyat 27.09.2021, 08:53
Butunrossiya davlat kinematografiya institutining filiali birinchi bo`lib Toshkentda ochiladi

28 sentyabr — 3 oktyabr kunlari o`tkaziladigan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent filiali ochilishi bo`lib o`tadi.

Institut «dramaturgiya» va «prodyuserlik» yo`nalishlari bo`yicha talabalarni tayyorlaydi. Hozirgi kunda VGIKga bir guruh o`zbek yoshlari qabul qilingan. Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki, VGIKning filiali birinchi bo`lib Toshkentda tashkil etilmoqda.  

Qabul jarayonlari va boshqa yangiliklar haqida Kinematografiya agentligi Ijro aparati rahbari Eldor Yo`ldoshev «Polina Po`latova bilan INTERVYu» loyihasida bu haqda ma`lumot berdi.

Шарҳлар