my5
Sevimli

Germaniyada saylov natijalari e`lon qilindi

Dunyo 27.09.2021, 09:58
Germaniyada saylov natijalari e`lon qilindi

Germaniya sosial-demokratik partiyasi (SDP) mamlakat parlamenti – Bundestag saylovlarida g`alaba qozondi, Angela Merkelning partiyasi esa tarixdagi eng past natijani qayd etdi

Shu tariqa, kanslerlikka ikki nomzod bor. Bular: Olaf Shols va Armin Lashet. Angela Merkel esa hukmron koalisiya tuzilgach postini tark etadi. 

Markaziy saylov komissiyasiga ko`ra, Sosial-demokratik partiya 25,7 foiz, Xristian demokratik va Xristian sosial ittifoqi (XDI / XSI) bloki tarixdagi eng past natija – 24,1 foiz ovoz to`plab, ikkinchi bo`ldi. Uchinchi o`rinni esa 14,8 foiz ovoz bilan “Yashillar” partiyasi, to`rtinchi o`rinni 11,5 foiz ovoz bilan Erkin demokratik partiya egalladi. “Germaniya uchun muqobil” partiyasi esa 10,3 foiz bilan beshinchi bo`ldi. 

Shu bilan birga, “So`llar” partiyasi 2002 yildan beri birinchi marta partiyalar ro`yxatidagi 5 foizlik to`siqni engib o`tolmadi.

Шарҳлар