my5
Sevimli

Bekobodda 1 kilogramm “gashish” giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Jinoyat 27.09.2021, 13:04
Bekobodda 1 kilogramm “gashish” giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan Bekobod tumanida tashkil etilgan tezkor tadbirda 1 kilogramm “gashish” giyohvandlik vositasini 20 ming dollar evaziga sotayotgan shaxs ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Xabar berilganidek, Toshkent viloyati IIBB va uning sohaviy xizmat xodimlari tomonidan “Qora dori-2021” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari davomida bir qator jinoyatlar aniqlanib, qonunbuzarliklarga chek qo`yilyapti.

Jumladan, joriy yilning 18 sentyabr kuni IIV hamda Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim tezkor xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida, Bekobod tumanida yashovchi, 1981 yilda tug`ilgan Elbek Abdiev (ism familiyasi o`zgartirilgan) tumanning Zafar qo`rg`oni markazida 20 ming dollar evaziga 1 kilogram “gashish” giyohvandlik vositasini maxsus xaridorga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan qo`shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Шарҳлар