my5
Sevimli

Afg`oniston chegarasida namanganlik askar halok bo`ldi - Prezident

Jamiyat 27.09.2021, 14:10
Afg`oniston chegarasida namanganlik askar halok bo`ldi - Prezident

Bu haqda Namangan viloyatiga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoev ishtirokida bo`lib o`tayotgan yig`ilishda ma`lum qilindi. 

“Afg`onistondagi holat hammamizga saboq bo`lishi kerak. Chegaradagi vaziyat har kuni diqqat markazimizda. Hech kimga sarhadlarimizga daxl qilishga yo`l qo`ymaymiz. Chunki O`zbekistonda qonun ustuvor, jazo muqarrar. Kuni kecha ham davlatimiz chegarasini buzib o`tishga urinish bo`ldi. Bir narkobaron harakat qildi. Lekin biz daxlsizlik masalasida pozisiyamiz qat`iy, kerak bo`lsa, chegaramizni himoya qilish uchun qurol ishlatamiz. Kechagi vaziyatda ham o`z vazifasini sharaf bilan bajargan bir askarimiz qahramonlarcha halok bo`ldi. U shu yurt farzandi – namanganlik edi”, - dedi davlat rahbari. 

Tashrif davom etyapti. 

Шарҳлар