AsosiyMadaniyat

Turkiyalik bir guruh kinoijodkorlar Toshkentga etib keldi

'Turkiyalik bir guruh kinoijodkorlar Toshkentga etib keldi'ning rasmi

Mehmonlar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

«Ipak yo`li durdonasi» XIII Toshkent xalqaro kinofestivali mehmonlarining mamlakatimizga tashrifi boshlandi.  

Festival doirasida 13 ta mamlakat Ozarbayjon, Belaruc, Misr, Isroil, Hindiston, Italiya, Eron, Qozog`iston, Qirg`iziston, Polsha, Rossiya, Tojikiston, Turkiya va O`zbekiston kinosi kunlari o`tkaziladi.  

Festivalda ishtirok etish uchun turkiyalik mehmonlarning bir guruhi Toshkentga etib keldi. Ular O`zchan Ayma, Erchan Deniz, Selim Beyraktar va boshqa taniqli turk yulduzlari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

 

    Boshqa yangiliklar