my5
Sevimli

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida "Hind kino kunlari" bo`lib o`tadi

Madaniyat 27.09.2021, 16:16
Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida "Hind kino kunlari" bo`lib o`tadi

29 sentyabr kuni qayta ta`mirlangan Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida (sobiq «Panorama») hind madaniyati kuni  o`tkaziladi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Tadbir mehmonlari sirli Hindiston atmosferasi va sharqona lazzatni his etish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo`lishadi.

Madaniyat kunida Tim Kari, Minas connect kabi zamonaviy musiqa san`ati ustalari, Matlyuba show, Gulbahor dance show guruhlari, shuningdek, ajoyib xonandalar Gulnora Karimova, Zara i Gita Monk ishtirok etadi.

Mehmonlarni taniqli guruhlar ijrosidagi yorqin hind raqslari,  esdalik sovg`alari va o`z ishining ustalari tayyorlagan ajoyib mazali taomlar kutmoqda.

 Kirish bepul, yarmarkaning o`zi, o`yin-kulgi tadbirlari va taomlar pullik.

 

Шарҳлар