my5
Sevimli

Taniqli kompozitor Uolter Afanaseff bilan ijodiy uchrashuv o`tkazildi

Madaniyat 27.09.2021, 18:46
Taniqli kompozitor Uolter Afanaseff bilan ijodiy uchrashuv o`tkazildi

Bugun Kinematografiya agentligi tomonidan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali oldidan amerikalik taniqli kompozitor, prodyuser, ikki karra xalqaro Gremmi mukofoti sovrindori Uolter Afanaseff bilan ijodiy uchrashuv bo`lib o`tdi.

Shuningdek, AQShda ijod qilab kelayotgan rejissyor Bahodir Yuldashev bilan ham suhbat o`tkazildi.

 

Uolter Afanaseff ijodi davomida "Titanik", "Olovuddin" va boshqa shu kabi mashhur kinokartinalar bilan birga buyuk mutafakkir Mirzo Ulug`bek haqidagi “Osmon toqiga qo`yilgan narvon” hujjatli filmi uchun musiqa bastalagan.

 

Ijodiy suhbatda zamonaviy o`zbek kino san`ati, yosh kadrlar masalalari, filmlarga musiqa bastalash bo`yicha kerakli ma`lumotlar berildi. Shuningdek, mutaxassislar kino sohasidagi ijodiy yutuqlari, tajribasi va yangi loyihalari bo`yicha kerakli ma`lumotlarni berishdi.

 

Eslatib o`tamiz, Kinofestival doirasida ko`plab ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, anjumanlar va muloqotlar bo`lib o`tadi.

Шарҳлар