my5
Sevimli

Farg`onada “marixuana” saqlagan shaxs aniqlandi

Jinoyat 27.09.2021, 19:25
Farg`onada “marixuana” saqlagan shaxs aniqlandi

Viloyat IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, 14-sentyabr kuni VIIB TEQKB va tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi. 

Tadbir davomida, Qirqketmon MFY hududida yashovchi X.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, molxonasida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan O`zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi ko`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Giyohvandlik moddalarni iste`mol qilish sog`lig`ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Шарҳлар