AsosiyMadaniyat

Afsonaviy Mitxun Chakraborti Toshkentda

'Afsonaviy Mitxun Chakraborti Toshkentda'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, kinofestivalga hind kinoyulduzi  Mitxun Chakrabortining tashrifi kutilayotgan edi. Afsonaviy kinoyulduz parvoz qilgan samolyot bugun tunda yurtimizga kelib qo`ndi. 

 «Disko raqqosi» filmi bilan birga  «O`yna-o`yna», «Qirol ovi» kabi kinolari bilan tomoshabinlarning ko`nglidan joy olgan san`atkor o`zbekistonlik mezbonlar tomonidan munosib kutib olindi. 

 Eslatib o`tamiz, 29 sentyabr kuni kinofestival doirasida Hindiston  kinosi kunlari oldidan mashhur yulduzlar bilan uchrashuvlar (soat 14:00 dan 17:00 gacha bo`lib o`tadi. Alisher Navoiy kinosaroyida (“Panorama”) o`tkaziladigan ushbu tadbirlarda  ishtirok etish bepul.

    Boshqa yangiliklar