my5
Sevimli

So`xdan Marg`ilongacha: Shavkat Mirziyoev Farg`onadagi eng dolzarb masalalar haqida gapirdi

Siyosat 28.09.2021, 13:33
Теглар: Prezident, Farg`ona, tashrif
So`xdan Marg`ilongacha: Shavkat Mirziyoev Farg`onadagi eng dolzarb masalalar haqida gapirdi

Ayni daqiqalarda Farg`onada bo`lib turgan Shavkat Mirziyoev boshchiligida yig`ilish o`tkazilmoqda. 

"Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning xabar berishicha, davlat rahbari viloyatdagi mavjud muammolarni birma-bir sanab o`tgan.

Keltirilishicha:

  •  Viloyat aholisi soni  va uning o`sish sur`ati bo`yicha mamlakatimizda eng yuqori o`rinlarni egallaydi (aholi soni 3 million 850 ming nafar). Bugungi kunda  20 mingga yaqin oila uy-joyga muhtoj.  
  • Har yili 30 mingdan ziyod  yangi oilalar tashkil bo`lishi ham  uy-joyga bo`lgan talabni oshirmoqda. 
  •  So`x,  Oltiariq,  Toshloq,  Quvada ichimlik suvi ta`minoti darajasi  50 foizdan past.  Rishton,  Beshariq,  Qo`shtepa,  Yozyovon,  O`zbekiston tumanlarida ham, ahvol yaxshi emas.
  • Viloyatda kanalizasiya va issiqlik ta`minoti tizimlari etarli darajada rivojlanmagan.
  •  Farg`ona,  Qo`qon,  Marg`ilon  va Quvasoy shaharlarining markazlashgan issiqlik ta`minoti tizimi ko`p yillar mablag` ajratilmagani oqibatida izdan chiqqan.
  • 9 ming kilometr ichki yo`llar  ta`mirtalab ahvolda.
  • So`nggi besh yilda  viloyatda elektr energiyasi iste`moli  1,3 barobarga oshgani bois,  elektr tarmoqlari,  transformator va podstansiyalarning 40 foizi ta`mirga muhtoj.
  •  Aholining 1 million nafarida  turli xil surunkali kasalliklar mavjud (respublika hududlari orasida 1-o`rin).  
  • 236 ta maktabning yuklamasi  quvvatlaridan ancha yuqori. Kelgusi besh yilda o`quvchilar soni  62 mingtaga ko`payadi.  
  •  Viloyatda 160 mingdan ziyod aholi ishsiz bo`lib, har yili mehnat bozoriga  qo`shimcha 50 ming nafar yoshlar  kirib kelmoqda. 110 ming oila  doimiy daromad manbaiga ega emas.

Шарҳлар

Prezident bugun xorijiy delegatlar bilan uchrashadi

30.09.2021, 12:31

Avvalroq Toshkentda Iqtisodiy forum bo`lib o`tayotgani haqida xabar bergan edik.Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar qilishicha,  bugun davlat rahbari Iqtisodiy forum doirasida O`zbekistonda bo`lib turgan...
Shavkat Mirziyoev Namanganga tashrifini yakunlab, Farg`onaga etib keldi

27.09.2021, 20:52

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoev Namangan viloyatiga yo`l olgani haqida xabar bergan edik.Davlat rahbari tashrifi davomida viloyatdagi mavjud muammolarni sanab chiqdi, shuningdek, Afg`oniston chegarasida namanganlik askar...
Prezident Shavkat Mirziyoev endi Namangan viloyatiga yo`l oldi

27.09.2021, 11:20

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun 27 sentyabr kuni Namangan viloyatiga yo`l oldi.Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov ma`lum qildi.Qayd etilishicha, keyingi kunlarda rahbarning...
Prezident Shavkat Mirziyoev Islom Karimov qabrini ziyorat qildi (foto)

24.09.2021, 11:54

 Avval xabar berganimizdek Prezident Shavkat Mirziyoev bugun 24 sentyabr kuni Samarqandga etib keldi.Davlat rahbari avval Hazrati Hizr majmuiga tashrif buyurdi, deya ma`lum qilmoqda Prezident matbuot...