my5
Sevimli

Mitхun Chakraborti: "Men o`zbek filmida rol ijro etishga tayyorman"

Madaniyat 28.09.2021, 13:52
Теглар: Mithun Chakraborti
Mitхun Chakraborti: "Men o`zbek filmida rol ijro etishga tayyorman"

Bugun 28 sentyabr kuni "Ipak yo`li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivali start oldi.

Unda Mithun Chakraborti o`zbek filmida rol ijro etishga tayyorligini bildirdi.

"O`zbekistonga to`rtinchi marta tashrif buyurishim. Avvalgi O`zbekiston va hozirgi O`zbekiston o`rtasida katta farq bor. Mamlakatingiz yanada chiroy ochgan, ulkan o`zgarishlar ro`y bergan. Hindiston va O`zbekiston mustahkam do`stona aloqalarga ega, biz bir nechta filmlarni birgalikda ishlab chiqarish bo`yicha hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Men o`zbek filmida rol ijro etishga tayyorman",–deydi Chakraborti .

Eslatib o`tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”.

Hamkor homiylar:  “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.

Шарҳлар

Toshkent xalqaro kinofestivalida "Disko raqqosi" filmi qahramoni — Mithun Chakraborti ishtirok etishi kutilmoqda

26.09.2021, 17:12

28 sentyabrdan boshlanayotgan Toshkent xalqaro kinofestivaliga "Disko raqqosi" filmidagi Jimmi roli bilan tanilgan afsonaviy hind aktyori Mithun Chakraborti ham tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda Kinomotografiya...