my5
Sevimli

Shavkat Mirziyoev Farg`onadagi suv, elektr, tibbiyot sohasida kutilayotgan o`zgarishlarga to'xtalib o'tdi

Jamiyat 28.09.2021, 14:39
Теглар: Shavkat Mirziyoev
Shavkat Mirziyoev Farg`onadagi suv, elektr, tibbiyot sohasida kutilayotgan o`zgarishlarga to'xtalib o'tdi

Biroz avval Shavkat Mirziyoev Farg`ona viloyatidagi mavjud muammolarni sanab o`tgani haqida ma`lumot bergan edik. Shundan so`ng prezident viloyatdagi turli sohalarda qilinishi kutilayotgan ishlar yuzasidan ham to`xtalib o`tdi.

– Kelgusi besh yilda  “Obod qishloq”  va “Obod mahalla” dasturlari doirasida  150 ta qishloq va 40 ta mahallani  obodonlashtirish choralari ko`riladi. Bunga 1 trillion 860 milliard so`m mablag` ajratiladi.  

– Yozyovon,  So`x,  Qo`shtepa va Furqat tumanlarining  sharoiti og`ir 57 ta mahallasida  qishloq infratuzilmasini rivojlantirishga  32 million dollar mablag` ajratiladi.  

– Kelgusi yildan har bir tuman va shahar byudjetining kamida 5 foizi  aholi murojaatlariga muvofiq,  eng dolzarb muammolarni hal qilishga yo`naltiriladi.

Uy-joy masalasi

– Kelgusi besh yilda jami 30 ming kvartirali 700 ta ko`p qavatli uylar quriladi. Bu – oldingi yillarga nisbatan  3 barobar ko`p, degani. Bunda 2,5 mingta uy-joy  og`ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan yolg`iz ayollar,  ehtiyojmand oilalar  va nogironligi bo`lgan fuqarolarga beriladi. Shuningdek, kelgusi besh yilda  14 mingdan ziyod oilaga  ipoteka krediti bo`yicha  680 milliard so`mlik subsidiya ajratiladi.

Shu bilan birga, viloyat hududlaridagi eskirgan 200 ta 2-3 qavatli uylar o`rnida, renovasiya dasturlari asosida  7-12 qavatli uy-joylar quriladi. Bag`dod tumani “Guliston” mahallasida  barpo qilingan shaharcha namunasi asosida, Yozyovon,Oltiariq va Farg`ona tumanlarida ham kamida 4-5 ming xonadonli “yo`ldosh” shaharchalar bunyod etiladi.

Suv, oqava, elektr ta`minoti

– Kelgusi besh yilda Farg`ona viloyatida  ichimlik suvi bilan ta`minlash darajasi  69 foizdan 90 foizga etkaziladi.  

– Elektr ta`minotini yaxshilash maqsadida  7 ming kilometr elektr tarmoqlari  va 2 mingta transformator yangilanadi. Bunga 1 trillion so`mdan ziyod mablag`lar yo`naltiriladi.

– Elektr, suv, kanalizasiya, issiqlik ta`minoti va yo`l infratuzilmalarini yaxshilashga jami 10 trillion so`m yo`naltiriladi.

Tibbiyot tizimi

– Bu uchun  faqatgina davlat byudjetidan  kelgusi besh yilda 5 trillion so`m ajratiladi.

– 22 ta yangi oilaviy shifokorlik punkti va 10 ta oilaviy poliklinika barpo etiladi va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta`minlanadi.

– birlamchi bo`g`inga  qo`shimcha 1,5 mingta shtat ajratiladi.

– birlamchi tibbiy xizmatda dori vositalari  va tibbiy buyumlar xarid qilish uchun ajratiladigan mablag`lar  3 barobarga oshiriladi. Buning uchun byudjetdan har yili kamida  50 milliard so`mdan ajratiladi.

– viloyatning 40 yoshdan oshgan 1 millionga yaqin aholisi o`rtasida  yurak-qon tomir va diabet kasalliklari bo`yicha  manzilli skrining tekshiruvlari o`tkaziladi.

– Bag`dod, Yozyovon tumanlari  va Qo`qon shahrida tumanlararo shikastlanishlar va o`tkir qon-tomir kasalliklari markazlari  tashkil etiladi.

– Farg`ona shahrida – 2 ta,  Qo`qon, Marg`ilon shaharlari  hamda Beshariq tumanida – 1 tadan tumanlararo perinatal markazlar tashkil etiladi.

– Quva,  Buvayda,  Oltiariq,  Farg`ona,  O`zbekiston,  Qo`shtepa,  Rishton va Toshloq tumanlari tibbiyot birlashmalari laparoskopik uskunalar bilan ta`minlanib,  kaminvaziv operasiyalar o`tkazish yo`lga qo`yiladi.

– 120 o`rin joyga ega bo`lgan  Bolalar tibbiy reabilitasiya markazi tashkil etiladi.

– viloyatning har bir shahar  va tuman poliklinikalarida  bolalar bo`limlari faoliyati qayta tiklanadi,  shifoxonalarda esa bolalar reanimasiyasi  tashkil etiladi.

– Farg`onada,  vodiyda yagona Bolalar kardio-xirurgiya markazi tashkil etilib,  tug`ma yurak nuqsoni bor,  yuqori texnologik operasiyaga muhtoj bolalarni  zamonaviy endovaskulyar yo`l bilan  xirurgik davolash yo`lga qo`yiladi. Bu borada barcha davolash amaliyotlari  byudjet hisobidan amalga oshiriladi.

– viloyatda  mingdan ziyod bemorlar buyrak etishmovchiligi bo`yicha  nazoratda turganini inobatga olib,  Nefrologiya markazining filiali tashkil etiladi  va buyrak transplantasiyasi yo`lga qo`yiladi. Shuningdek, gemodializ uskunalari 2-3 barobarga ko`paytiriladi.  

– viloyatda Hindiston bilan hamkorlikda Endokrinologiya markazi tashkil etiladi.  

– Davlat-xususiy sheriklik asosida,  viloyat ko`ptarmoqli tibbiyot markazi negizida  barcha xirurgik xizmatlarni bir joyni o`zida tashkil etuvchi  zamonaviy tibbiyot klasteri barpo etiladi.

Sardorbek Rahmonqulov, yig`ilishdan maxsus

Шарҳлар

"Men rahbar bo`lib ishlasam, bunday bo`lmaydi" – Shavkat Mirziyoev migrantlarga soliq solish to`g`risidagi taklifga munosabat bildirdi

16.10.2021, 11:24

Prezident Shavkat Mirziyoev 16 oktyabr kuni Toshkent viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. Tashrif davomida Shavkat Mirziyoev Milliy tiklanish partiyasidan Prezidentlikka nomzod...
Shavkat Mirziyoev Navoiyda viloyatdagi milliy madaniy markazlar vakillari bilan uchrashdi

13.10.2021, 19:38

Davlatimiz rahbari Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida viloyatdagi milliy madaniy markazlar vakillari bilan muloqot qildi.- Sizlarga ma`lumki, yurtimizdagi ahillik, totuvlikni mustahkamlashga alohida e`tibor berayapmiz. Buning...
Shavkat Mirziyoev Qarshidagi Prezident maktabi o`quvchilari bilan uchrashdi

11.10.2021, 19:44

Mamlakatimizda ixtisoslashtirilgan ta`limning yangi tizimi - Prezident maktablari tashkil etildi. Joriy yilda Qarshi shahrida ham shunday maktab foydalanishga topshirildi. Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog`ida...
Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan BMT Inson huquqlari bo`yicha kengashining birinchi rezolyusiyasi qabul qilindi

08.10.2021, 19:35

Mamlakatimiz tarixida ilk bor pandemiyalar davrida yoshlar huquqlari bo`yicha BMTning Inson huquqlari bo`yicha kengashi rezolyusiyasi loyihasi qabul qilindi. Hujjatning qabul qilinishini BMTning IHKga a`zo barcha 47...