Hukumat qarori bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish qoidalariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
Qonunchilikka ko`ra, yo`l-transport hodisalari bo`yicha haydovchilar IIB xodimlari ishtirokisiz hodisa to`g`risidagi xabarnomani tuzish orqali sug`urta tovonini olish tartibi joriy etilgan.
Shunga muvofiq, 2021 yil 1 noyabrgacha sug`urta tashkilotlarining veb-saytlarida xabarnoma blankasi namunasi joylashtiriladi va uni yuklab olish imkoni yaratiladi.
Xabarnoma ikki nusxada quyidagi asoslar bir vaqtning o`zida mavjud bo`lganida tuziladi:
➖ jabrlanuvchiga engil jarohat etmaganida yoki mol-mulk shikastlanmaganida;
➖ ishtirokchilardan biri o`z aybiga iqror bo`lmaganida;
➖ hodisa piyoda ishtirokisiz sodir etilganida;
➖ hodisa faqat 2 ta transport ishtirokida bo`lganida;
➖ ishtirokchilarning fuqarolik javobgarligi sug`urta qilingan bo`lsa;
➖ haydovchilik guvohnomasi, ro`yxatdan o`tkazganlik to`g`risidagi guvohnoma, ishonchnoma, yo`l varaqasi mavjudligi;
➖ haydovchilar mast bo`lmasa;
➖ transportlarning shikastlanishi nizoni keltirib chiqarmasa.
Qaror 2021 yil 25 noyabrdan kuchga kiradi.