my5
Sevimli

O`zbekistonning 1 foiz erida 10 foiz aholisi yashovchi Andijonda suv, uy va tibiy xizmat bilan ta`minlanish darajasi qanday?

Siyosat 29.09.2021, 12:46
Теглар: Andijon, suv, Uy-joy
O`zbekistonning 1 foiz erida 10 foiz aholisi yashovchi Andijonda suv, uy va tibiy xizmat bilan ta`minlanish darajasi qanday?

Vodiy viloyatlari bo`ylab tashrifini davom ettirayotgan Shavkat Mirziyoev bugun Andijon viloyatida bo`lib turibdi. “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning xabar qilishicha, andijonliklar bilan uchrashuv chog`ida prezident o`z nutqini viloyatning eng dolzarb masalalari bo`lgan uy-joy, suv va tibbiy xizmatga bo`lgan ehtiyojlar haqida boshlab, bu borada yaqin yillarda qilinishi kutilayotgan echimlar haqida gapirdi.   

Uy-joy va suv masalasi:

  • 20 mingdan ziyod oila uy-joyga muhtoj;
  • 304ta mahallaning suv ta`minoti yaxshi emas,4,5 ming kilometr yoki 40 foiz ichki yo`llar ta`mirtalab holatda.

Sog`liqni saqlash:

  • viloyat aholisining 56 foizida ortiqcha vazn, 46 foizida me`yordan ortiq xolesterin va 31 foizida yuqori arterial qon bosimi mavjud. Aholining o`rtacha umr ko`rish darajasi nisbatan past;
  • viloyatda 29 ta oilaviy shifokor punkti, 20 ta oilaviy poliklinika, 10 ta shifoxona ta`mirtalab ahvolda;
  • tibbiyotning birlamchi bo`g`inida quvvatlar etishmaydi.

Shundan kelib chiqib, prezident viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi hayotini yaxshilashga qaratilgan besh yillik dasturni tayyorlanganini ma`lum qildi. Unga ko`ra, tibbiyotda:

  • kelgusi ikki yilda shahar va tumanlarda 11 ta yangi oilaviy poliklinika va 29 ta mahallada oilaviy shifokorlik punkti tashkil etiladi;
  • kelgusi besh yilda barcha tumanlarda tez tibbiy yordam mashinalari yangilanadi, jumladan, yangi reanimobillar olib kelinadi;
  • salomatligi bo`yicha yuqori xavf guruhiga kiruvchi 600 ming nafar aholi skrining ko`rigidan o`tkaziladi, qon bosimi va diabetni davolash uchun zarur dorilar bepul beriladi;
  • buyrak xastaliklarini erta aniqlash uchun, “tibbiyot brigadalari” ekspress-testlar bilan ta`minlanadi;
  • onkologik kasalliklarni barvaqt aniqlash uchun, 45yoshdan oshgan 400mingayol har yili tekshiruvdan o`tkaziladi;
  • Paxtaobod, Qo`rg`ontepa, Shahrixon va Baliqchi tumanlarida perinatal markazlar tashkil etiladi;
  • har yili 900ming nafar bolalar va homilador ayollar7 turdagi vitaminlar bilan bepul ta`minlanadi;
  • tumanlar tibbiyot birlashmalarining xirurgiya bo`limlari zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta`minlanadi;
  • viloyatda eksperiment tariqasida170 ta birlamchi bo`g`in tibbiyot muassasalarida alohida hamshiralik qabul punktlari tashkil etiladi;
  • hamshiralarga 12 ta eng ko`p uchraydigan kasalliklar bo`yicha, bemorlarni birlamchi tekshiruv va skriningdan o`tkazish va dastlabki tashxis qo`yish vakolati beriladi. Ushbu yangi tizim bo`yicha, kelgusi yilda 700 nafar hamshira maxsus kurslarda o`qitiladi;
  • murakkab operasiyaga muhtoj, 1 ming100nafar tug`ma yurak nuqsoni bor bolalarni bepul davolash tashkil etilib, buning uchun byudjetdan 30milliardso`m ajratiladi;
  • Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi to`liq rekonstruksiya qilinib, uning negizida vodiy aholisi uchun, kardiologiya, neyroxirurgiya, ko`z kasalliklari va urologiya yo`nalishlari bo`yicha, yiliga 7 mingta murakkab operasiya o`tkazadigan “tibbiyot markazi” tashkil etiladi;
  • Shuningdek, xususiy tibbiyot muassasalari soni 1 mingtaga etkaziladi. Bunda, xorijiy hamkorlar bilan, 2 ta ko`p tarmoqli zamonaviy klinika barpo etiladi.

— Shu tariqa Andijon vodiy va qo`shni davlatlar aholisi uchun, tibbiy turizm markaziga aylantiriladi. Umuman, Andijonda tibbiyotni rivojlantirishga, kelgusi besh yilda davlat tomonidan 1,5 trillion so`m mablag` yo`naltiriladi.

Uy-joy va suv:

  • kelgusi besh yilda 21 ming xonadonli ko`p qavatli uylar quriladi, shundan, 2 mingtasi ehtiyojmand oilalarga ajratilib, ularga ipoteka krediti bo`yicha subsidiya beriladi;
  • iyun oyida tamal toshi qo`yilgan “Yangi Andijon” shahri loyihasining birinchi bosqichida 192 ta ko`p qavatli uy qurilib, 5 mingdan ziyod oila o`z boshpanasiga ega bo`ladi;
  • Andijon va Yangi Andijon shaharlarini bog`lovchi 16 kilometrlik tez yurar avtobus yo`nalishi tashkil etiladi;
  • viloyatda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida har yili kamida 30 ta qishloq va mahalla obodonlashtiriladi va ijtimoiy ob`ektlar ta`mirlanadi. Bunga, har yili qariyb 500 milliard so`m yo`naltiriladi;
  • markazlashgan ichimlik suv ta`minoti darajasi 82 foizdan 90 foizga etkaziladi. Buning uchun, kelgusi besh yilda  5 ming 700 kilometr ichimlik suvi va 813kilometr kanalizasiya tarmoqlari, 1 mingdan ziyod suv inshootlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi.

Ana shunday ishlar hisobidan, viloyatda 1 million aholining toza ichimlik suvi ta`minoti yaxshilanadi. Bu maqsadlar uchun 6 trillion so`m ajratiladi.

Shuningdek:

Viloyatda 5 ming kilometr elektr tarmoqlari, 22 ta podstansiya, 2 mingta transformator quriladi, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va ta`mirlash ishlari bajariladi. Natijada, 350 mingdan ziyod aholi xonadonlari hamda 8,5 mingta ijtimoiy soha va tadbirkorlik ob`ektlarining elektr ta`minoti barqarorlashadi. Kelgusi besh yilda 4,5 ming kilometr ichki yo`llar, 286 ta ko`priklarni qurish va ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bunga 3 trillion so`mdan ziyod mablag` yo`naltiriladi. 

Eslatib o`tamiz, yig`ilish davom etmoqda.

Шарҳлар

O`zbekistonning qariyb 65 foiz aholisi ichimlik suvi bilan ta`minlangan — "O`zsuvta`minot"AJ

27.11.2021, 11:08

Ayni daqiqalarda AOKAda "O`zsuvta`minot" AJ boshqaruv raisining birinchi o`rinbosari Tohir Haydarov ishtirokida brifing o`tkazilmoqda.Unda qayd etilishicha, O`zbekistonda aholining 65,1 foizi (22,3 mln) markazlashgan ichimlik suvi...
Andijon viloyatida 4 balli zilzila sodir bo`ldi - FVV

12.11.2021, 07:49

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: O`zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 12.11.2021 06:38 da (12.11.2021 yil, Grinvich bo`yicha 01:38 da) zilzila sodir bo`ldi....
Andijonda hech bir sababsiz uyidan chiqib ketgan 17 yoshli qiz qaytib kelmadi

09.11.2021, 18:12

Ulug`nor tumani, Obod MFY, Qipchoq ko`chasida yashagan 2003 yilda tug`ilgan Xabibullaeva Oltinoy Abdimonnop qizi shu yilning  21-oktyabr kuni soat taxminan 18:00lar chamasida hech bir sababsiz,...
"Andijonda ko`prikdan o`tish 1000 so`mga aylandi..."

13.10.2021, 10:57

Ijtimoiy tarmoqlarda “Buloqboshi, Kullada pullik ko`prik paydo bo`libdi...” mazmunidagi  xabar tarqaldi.Unda odamlar vaqtinchalik foydalanayotgan ko`prigi ham buzilib ketgani, bundan foydalangan uddaburonlar 2 ta taxta qo`yib,...