sevimli
Sevimli

Toshkentda IIO xodimlarini haqoratlagan avtobloger hibsga olindi

Jamiyat 01.10.2021, 17:43
Теглар: Toshkent shahar IIBB
Toshkentda IIO xodimlarini haqoratlagan avtobloger hibsga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda blogerlik bilan shug`ullanuvchi Bobur G`aniev Uchtepa tumani IIO FMB xodimlari tomonidan ushlanganligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Mazkur xabar yuzasidan  Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma`lum qildi.

Unga ko`ra, joriy yilning 30 sentyabr kuni taxminan soat 23.30 larda Uchtepa tumani “Farxod” bozori ro`parasida o`tkazilayotgan “Xavfsiz poytaxt” profilaktik tadbiri davomida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan Epika rusumli davlat raqami 01 U 909 BB bo`lgan avtomashina to`xtatilgan. 

Transport vositasi haydovchisi 1993 yilda tug`ilgan Abror Kozubaevning (internet tarmog`ida “Abror bloger” nomi bilan tanilgan) hujjatlari tekshirilgan. Shu jarayonda Epika rusumli avtomashinada yo`lovchi sifatida o`tirgan 1987 yilda tug`ilgan Bobur Ganiev (internet tarmog`ida “Avtobloger Bobur Ganiev” nomi bilan tanilgan) YPX inspektorlarini haqorat qilib, janjal ko`targan. 

IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo`ysunmasdan jamoat tartibini buzgan. Shundan so`ng transport vositasining haydovchisi A.Kozubaev, yo`lovchilari B.Ganiev va O.Salimovlar Uchtepa tumani IIO FMBga olib borilgan. Holat yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish va tekshiruv o`tkazish jarayonida B.Ganievning shaxsiy uyali telefon apparatida pornografik mazmundagi qonunda taqiqlangan videomateriallar va fotosuratlar borligi aniqlangan.  

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda, natijasi bo`yicha to`plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun sudga taqdim etiladi.  

"Hurmatli fuqarolar! Unutmang, ishni har tomonlama, to`la va xolisona o`rganilishiga to`sqinlik qilish maqsadida turli shaklda qonunga xilof ravishda ta`sir o`tkazishga urinish jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Shaxs tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyat uchun, uning kasbi va faoliyat turidan qat`iy nazar, javobgarlik muqarrar",–deyiladi IIBB xabarida.

Шарҳлар

Ertaga poytaxtda ayrim ko`chalar vaqtincha yopiladi

27.11.2021, 22:24

Ertaga, 28-noyabr kuni o`tkazilayotgan “Salomatlik sari 5000 qadam” yarim marafon munosabati bilan vaqtincha soat 08.00 dan 14.00 gacha quyidagi ko`chalarda transport vositalarining harakati cheklanadi. Bu...
Toshkentda maktab o`quvchilari janjallashdi(mi)? IIBB holatga izoh berdi

07.09.2021, 18:53

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida maktab o`quvchilari o`rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo`lganligi haqidagi xabar ostida voyaga etmaganlar ishtirokidagi janjal aks etgan video tarqaldi. Mazkur videotasvir yuzasidan...
Toshkentda bolalarga noqonuniy diniy ta`lim bergan 42 yoshli fuqaro jarimaga tortildi

05.09.2021, 18:19

Chilonzor tumanida olib borilgan profilaktik tadbir davomida aniqlanishicha, muqaddam sudlangan 42 yoshli Abdurahim V. o`z uyida 3 oy davomida tegishli ruxsasiz bolalar uchun diniy adabiyotdan...
Toshkentda imkoniyati cheklangan qiz bilan janjallashgan yigit qochib ketdi. IIBB qidiruv e`lon qildi

22.08.2021, 15:35

Avvalroq, Chilonzor tumanida imkoniyati cheklangan yigit va qiz o`rtasidagi janjal yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilayotganligi haqida xabar bergan edik. Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO...