sevimli
Sevimli

O`zbekistonda hokimiyat vakiliga qarshilik ko`rsatganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Jamiyat 01.10.2021, 18:05
Теглар: Senat
O`zbekistonda hokimiyat vakiliga qarshilik ko`rsatganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Senatning o`n to`qqinzinchi yalpi majlisida “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartishlar kiritish haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama markazida bo`ldi.

Ta`kidlanishicha, o`tgan yillar mobaynida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta`minlash, jamoat tartibini saqlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida tizimli va samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu Qonun ana shu islohotlarni yana bir bor mustahkamlashga qaratilgan.

Qonun bilan nazarda tutilgan birinchi yo`nalish – Jinoyat kodeksining hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish, ya`ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko`rsatish bilan bog`liq jinoyatning jazo choralari kuchaytirilmoqda.

Ikkinchi yo`nalish esa Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga ichki ishlar organlari xodimi yoki Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi)ning qonuniy talablarini bajarmaganlik, ularning o`z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko`rsatganlik va hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to`sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi o`zgartishlar kiritilmoqda.

Mazkur Qonun bilan mamlakatimizda Jinoyat Kodeksida hokimiyat vakiliga qarshilik ko`rsatganlik uchun javobgarlikni belgilash orqali hokimiyat vakillarining huquqiy himoyasi ta`minlanadi.

Qolaversa, Mamuriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksda nafaqat ichki ishlar organlari xodimlari yoki Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari), balki boshqa hokimiyat vakillarining o`z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko`rsatganlik yoki to`sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish orqali ularning o`z qonuniy faoliyatini to`sqinliksiz amalga oshirishiga sharoit yaratiladi. Shuningdek, hokimiyat vakillarining sog`ligi va hayoti xavfsizligini ta`minlashga erishiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.

Шарҳлар

Endi Senat faoliyatini yangi binoda davom ettiradi

20.12.2021, 07:59

Oliy Majlis Senati matbuot kotibi bu haqda xabar berdi.Qayd etilishicha, xodimlar ikki kun davomida yangi binoga to`liq ko`chib o`tishdi. O`zlariga kerak bo`ladigan barcha anjomlarni keltirib,...
Bugun Senatning o`n to`qqizinchi yalpi majlisi o`z ishini boshlaydi

29.09.2021, 09:02

Bugun 29 sentyabr kuni soat 10:00 da O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n to`qqizinchi yalpi majlisi Toshkent shahrida Senatning majlislar zalida o`z ishini boshlaydi.  Yalpi...
O`zbekistonlik va qirg`izistonlik tadbirkor ayollar uchrashuvi bo`lib o`tdi

23.09.2021, 18:19

O`zbekiston va Qirg`iziston tadbirkor ayollari o`rtasida “B2B” uchrashuvlari bo`lib o`tdi.Muzokaralar yakunida tomonlar o`rtasida umumiy qiymati 13,2 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 15 ga yaqin shartnoma...
Senator so`rovi natijasida 8400 nafarga yaqin Uzun tumani aholisi toza ichimlik suvi bilan ta`minlandi

16.09.2021, 19:47

Joriy yilning 29 iyun kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi a`zosi Abdug`ani Sanginov Surxondaryo viloyati, Uzun tumanidagi faollar, fuqarolar bilan uchrashuvida aholi...