my5
Sevimli

Messi 2010 yildan buyon ilk bor ketma-ket besh o`yinda gol kirita olmayapti

Sport 14.04.2016, 15:12
Теглар: Lionel Messi, Futbol, Gol
Messi 2010 yildan buyon ilk bor ketma-ket besh o`yinda gol kirita olmayapti

“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi so`nggi besh o`yinda raqib jamoalar darvozasiga gol kirita olmayapti. Bunday holat 2010 yilning aprel oyidan buyon ilk bor kuzatilmoqda deya xabar bermoqda Sky Sports Satto.

Argentinalik hujumchi “Atletiko Madrid”ga qarshi kechgan EChL javob o`yinida biror marta ham raqib darvozasiga aniq zarba yo`llay olmadi. Bunday holat so`nggi bor 2014 yilda, aynan “Atletiko”ga qarshi o`yinda kuzatilgan edi. 

EChL chorak final ilk o`yinida “Barselona” 2:1 hisobida g`alaba qozonganiga qaramay, javob o`yinida 0:2 hisobida mag`lub bo`ldi va EChL turnirini tark etdi. Musobaqaning yarim finaliga esa “Real”, “Manchester Siti”, “Bavariya” va “Atletiko” klublari yo`l olishdi. 

Joriy mavsumda Messi “Barselona”ning barcha turnirlarini inobatga olgan holda 41 o`yinda maydonga tushib, 37 ta gol kiritishga muvaffaq bo`lgan.

Шарҳлар

“Oltin to`p-2021” uchun asosiy etakchi ma`lum bo`ldi

25.10.2021, 19:17

Ispaniyaning Marcanashri “Oltin to`p” uchun asosiy favorit kim ekanini ma`lum qildi. Qayd etilishicha, reytingni “PSJ” hujumchisi Lionel Messi boshqarib turibdi. Argentinalik futbolchi so`rovnomada 34 foiz to`plagan. Ikkinchi...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
“PSJ” Mbapppe uchun qancha maosh berishi ochiqlandi

15.10.2021, 11:47

Fransiyaning “PSJ” klubi hujumchi Kilian Mbappe bilan yangi shartnoma imzolashdan umidvor.  AS xabar tarqatishicha, parijliklar Mbappega yiliga 50 million evro maosh berishga tayyor. O`z navbatida...