my5
Sevimli

EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi O`zbekistondagi saylovlar bo`yicha oraliq hisobotini e`lon qildi

Jamiyat 09.10.2021, 15:28
Теглар: Saylov
EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi O`zbekistondagi saylovlar bo`yicha oraliq hisobotini e`lon qildi

O`zbekistonda bo`lib o`tadigan prezident saylovi bo`yicha EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi missiyasi oraliq hisobotini e`lon qildi.

EXHT DIIHB (Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yichabyurosi) joriy yilning 15 sentyabr kuni O`zbekistonda o`z Missiyasini boshladi. U Toshkentda joylashgan 11 nafar mutaxassisdan iborat.

Shu bilan birga, 24 sentyabrdan boshlab O`zbekistonning barcha viloyatlari bo`yicha taqsimlangan 28 nafar uzoq muddatli kuzatuvchi okrug saylov komissiyalari va uchastka saylov komissiyalari, siyosiy partiyalar va mahalliy hokimiyat organlari vakillari bilan uchrashuvlar o`tkazmoqda.

DIIHB Missiyasi ushbu uchrashuvlar natijalariga asoslanib, o`z hisobotida saylov kampaniyasidagi qator ijobiy jihatlar haqida xabar beradi. Xususan, unda barcha tartib-taomillarning muddatlariga saylov organlarining amal qilishi, ya`ni rejalashtirilgan tadbirlar belgilangan sanalarda o`z vaqtida o`tayotgani qayd etiladi.

Hisobotda fuqarolarning saylov jarayoni bilan bog`liq shikoyatlar yo`qligi ma`lum qilingan. MSK, hududiy saylov yoki sud organlariga aholidan biron-bir shikoyat kelib tushmagani qayd etiladi.

Istalgan siyosiy partiya, OAV vakillari va mahalla fuqarolar yig`ini xodimlari saylovlarni kuzatish uchun erkin kirishga haqlidirlar.

EXHT DIIHB o`z hisobotida O`zbekistondagi media makonga o`z e`tiborini qaratgan. Missiya so`nggi yillarda media iqlimning yaxshilanganini ma`qullaydi.

Bugungi kunda O`zbekiston OAV xalq ovozi va “to`rtinchi hokimiyat”ga aylandi. OAVda e`lon qilinayotgan tanqidiy maqolalar e`tiborsiz qolmayapti, davlat organlari ularni tahil qilib, jamiyat bilan muloqotga kirishmoqda. Fuqarolik jamiyati va demokratik institutlar inson huquqlari, jumladan, so`z erkinligining ta`minlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratishmoqda.

Шарҳлар

Xalqaro “Media-xoll”: shaffoflik, xolislik va tezkorlik

15.10.2021, 19:31

O`zbekiston Elektron Ommaviy axborot vositalari milliy asossiasiyasi boshqaruv raisi Firdavs Abduholiqov tashkil etilgan “Media xoll” haqida quyidagilarni so`zlab berdi:—   14 oktyabr kuni O`zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari...
Buzib qo`yilgan saylov byulletenini yangisiga almashtirish mumkinmi?

12.10.2021, 11:32

Xabaringiz bor, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga roppa-rosa 12 kun qoldi. Tabiiyki, bu davrda insonlarda turlicha savollar tug`iladi. Markaziy saylov komissiyasi shunday savollardan biriga javob berdi.– Saylov byulleteni...
Ramzan Qodirov mintaqa saylovida rekord natijani o`rnatdi

27.09.2021, 10:44

Checheniston Respublikasi Ramzan Qodirov mintaqa rahbari saylovida 99,7 foiz ovoz to`plab, jahon rekordini o`rnatdi. Bu haqda Xalqaro rekordlarni qayd etuvchi "Interrekord” agentligiga tayanib Lenta.ru xabar...
Germaniyada saylov jarayonlariga "start" berildi

26.09.2021, 18:05

Bugun, 26 sentyabr kuni  erta tongdan saylov jarayonlariga "start" berildi. Ovoz berish mahalliy vaqt bilan 18:00 ga qadar davom etadi. Saylovdan keyin yangi parlament kansleri...