sevimli
Sevimli

O`zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari soni 400 nafardan kamaydi, 15 kishida pnevmoniya aniqlandi

Jamiyat 11.10.2021, 10:21
Теглар: koronavirus, Pnevmoniya
O`zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari soni 400 nafardan kamaydi, 15 kishida pnevmoniya aniqlandi

Kecha O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari 400 nafardan kamaydi, 2 nafar bemor vafot etdi. Shuningdek, 15 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Qayd etilishicha, 10 oktyabr holatiga O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 178637 (+378) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 4 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 15 nafari Andijon viloyatida,
  • 10 nafari Buxoro viloyatida,
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 12 nafari Namangan viloyatida,
  • 36 nafari Samarqand viloyatida,
  • 9 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 7 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 25 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 20 nafari Xorazm viloyatida,
  • 77 nafari Toshkent viloyatida,
  • 146 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga 15 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 27470 nafarga etgan. 

Kecha ularning 29 nafari sog`ayib, umumiy sog`ayganlar soni 25923 nafarni tashkil qilgan.

Шарҳлар

O`zbekistonda koronavirusdan kunlik kasallanish biroz pasaydi — SSV

18.01.2022, 10:46

Kunlik kasallanishlar biroz pasaydi: Kecha yurtimizda 930 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV Matbuot xizmati. Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 17 yanvar holatiga...
Hindiston "omikron" shtamiga qarshi maxsus vaksina yaratadi

17.01.2022, 21:54

Hindistonning Gennova Biopharmaceuticals farmasevtika kompaniyasi "omikron" shtamiga qarshi maxsus vaksinani yaratmoqchi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda. Qayd etilishicha, preparat ishlab chiqaruvchilari 2021 yil oxirida o`tkazilgan sinovlarning...
Dunyoda koronavirus yuqtirish holatlari soni 320 milliondan oshdi

15.01.2022, 11:54

Dunyo bo`yicha koronavirus yuqtirish holatlari soni 323 mln 272 mingdan oshdi. Bu haqda Worldometers xabar bermoqda.Pandemiya boshlanganidan buyon 5 million 529 ming 154 kishi vafot...
Toshkentda 24 soat davomida ishlaydigan maxsus COVID poliklinikalari faoliyat boshladi – SSV

15.01.2022, 11:12

So`nggi kunlarda dunyoda koronavirus infeksiyasi yana avj oldi. Ayniqsa, kasallikning Omicron shtammi sababli qator mamlakatlarda vaziyat ancha tahlikali. Shu sababli ko`plab davlatlar keskin karantin choralarini...