sevimli
Sevimli

"Tolibonning tan olinishi"—Zabihullo Mujohid “TASS”ga intervyu berdi

Dunyo 11.10.2021, 11:47
Теглар: Tolibon
"Tolibonning tan olinishi"—Zabihullo Mujohid “TASS”ga intervyu berdi

“Tolibon” harakati rasmiy vakili Zabihullo Mujohid “TASS” agentligiga intervyu berdi. Unda harakatning tan olinishi, moliyaviy manbalari va “Axloq polisiyasi” xususida so`z boradi, deya xabar bermoqda Zamon.uz nashri.

“Biz barcha davlatlar bilan aloqa o`rnatishga harakat qilyapmiz. Birinchi navbatda, gap diplomatik munosabatlar haqida ketmoqda. Rossiya bilan muzokara olib borilyapti, eng asosiy masala – bizning tan olinishimiz hamda elchixonalar ochilishi”, – degan Mujohid.

U elchixonalar haqida gapirar ekan, hozirda eng muhimi Kobul va Moskvadagi diplomatik missiyalarning odatiy ish tartibda faoliyatini davom ettirish zarurligini qayd etgan. 

Mujohid Rossiyaning muhim iqtisodiy hamkor bo`lishi mumkinligini ta`kidlagan.  

“Biz iqtisodiy yordamni olqishlaymiz va moliyaviy yordamga umid bildiramiz”, – deb aytib o`tgan u.

Uning so`zlariga ko`ra, boj va soliqlar toliblarning asosiy moliyaviy manbayi hisoblanadi. Shuningdek, kelajakda foydali qazilmalardan ham daromad olinishi mumkinligi qayd etiladi.

“Axloq polisiyasi” faoliyati tiklanadi

Mujohid  "Daavat ul-Irshod" nomli idora tuzilganini va u 90 yillarga nisbatan nozikroq harakat qilishini ma`lum  qilgan.

 “Biz odamlarni din ko`rsatmalariga amal qilib yashashga masjid minbarlaridan turib da`vat qilamiz”,  — degan harakat rasmiy vakili.

“Axloq polisiyasi” esa faqat davlat xizmatchilari va xavfsizlik xodimlari uchun ishlashi ta`kidlangan.

Шарҳлар

Tolibon nafaqat afg`onlar, balki butun mintaqa uchun muammo — Muhammad Zohir Agbar

03.12.2021, 13:24

Afg`onistonning Dushanbedagi elchisi Muhammad Zohir Agbarning so`zlariga ko`ra, 3  oy ichida “Tolibon” mamlakatni boshqarishga qodir emasligini isbotladi. Bu haqda "Zamon" yozmoqda.Qayd etilishicha, elchi bu faqat...
"Tolibon" harakati mamlakatning uch oylik daromad hisobotini taqdim etdi

21.11.2021, 17:38

“Tolibon” Moliya vazirligi harakatning uch oylik hisobotini taqdim etdi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi. Qayd etilishicha, so`nggi 78 ish kunida “Tolibon” g`aznasining daromadi 26,915 milliard afg`oniy...
"Tolibon” o`z safini tozalashga kirishdi

19.10.2021, 07:39

Afg`onistonda hukumatini qo`lga olgan “Tolibon” poraxo`r hamda nopok odamlardan tozalash bo`yicha ichki ishlar va mudofaa vazirliklarining qo`shma komisiyasi o`z ishini boshladi. Bu haqda mamlakat axborot...
O`zbekistonda bo`lib turgan afg`on uchuvchilarini evakuasiya qilish boshlandi

13.09.2021, 18:32

“Reuters” agentligi bir oyga yaqin vaqtdan beri O`zbekistondagi lagerda bo`lib turgan afg`on uchuvchilari kecha, 12 sentyabr kuni mamlakatni tark etishni boshlaganini ma`lum qildi.Agentlik bilan suhbatlashgan...