AsosiySport

Evropa Ligasida barcha yarim finalchilar aniqlandi

Evropa Ligasi turnirining chorak final javob o`yinlari o`z nihoyasiga etdi. “Liverpul” javob o`yinida “Borussiya” D jamoasi ustidan irodali g`alabani qo`lga kiritib, yarim finalga chiqdi. 

Ukrainaning “Shaxtyor” jamoasi qiyinchiliksiz “Braga”ni taslim qilgan bo`lsa, “Vilyarreal” safarda “Sparta”dan ustun keldi. 

Chorak finalning so`nggi o`yinida “Sevilya” penaltilar seriyasida “Atletik”dan ustun keldi. 
Evropa Ligasi, 1/4 final. Javob o`yinlari
Liverpul Angliya – Borussiya D Germaniya 4:3 (0:2, 4:1)
Gollar:  0:1 – 5 Mxitaryan, 0:2 – 9 Obameyang, 1:2 – 48 Oriji, 1:3 – 57 Roys, 2:3 – 66 Koutino, 3:3 – 77 Sako, 4:3 – 90 Lovren. 
Dastlabki uchrashuv: 1:1
Shaxter Ukraina – Braga Portugaliya 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar:  1:0 – 25, penalti Srna, 2:0 – 42, avtogol Rikardu Ferreyra, 3:0 – 50 Kovalenko, 4:0 – 73, avtogol Rikardu Ferreyra. 
Dastlabki uchrashuv: 2:1
Sevilya Ispaniya – Atletik Ispaniya 1:2 (0:0, 1:2, 0:0, 0:0), penaltilar seriyasi - 5:4
Gollar:  0:1 – 57 Aduris, 1:1 – 59 Gameyro, 1:2 – 80 Raul Garsiya. 
Dastlabki uchrashuv: 2:1
Sparta Praga Chexiya – Vilyarreal Ispaniya 2:4 (0:3, 2:1)
Gollar:  0:1 – 5 Bakambu, 0:2 – 43 Kastilexo, 0:3 – 45 Soriano, 0:4 – 49 Bakambu, 1:4 – 65 Dochkal, 2:4 – 71 Kreychi. 
Dastlabki uchrashuv:1:2

Boshqa yangiliklar