Kun hikmati

Бўлимлар: Mutolaa
Теглар:
Добавлено: 15.04.2016, 10:01

Kimki sir bilishini maqtandimi, sirning yarmini ochib ulgurdi, qolganini ham so`zsiz ochadi.

Jan Pol

Senga ishonib aytilgan sirni, senga ishonib topshirgan molu-dunyodan ham afzalroq ehtiyot qilib saqla, negaki, halol kishilarda qasamdan ham kuchli xarakter bo`lishi kerak.

Isokrat

O`zgalar sirini oshkor etish-sotqinlik, o`z sirini oshkor etish ahmoqlikdir.

Fransua Volter

Sir –bir kishiga og`irlik qiladi, ikki kishi uchun ayni muddao, uch kishi bilganda esa, sirligi ham qolmaydi.

Xouvel

Faqat uch kishigina sir saqlay oladi, agar ularning ikkitasi o`lgan bo`lsa.

Bendjamin Franklin

O`z sirini saqlamoqlik-donishmadlik, biroq boshqalardan buni kutish tentaklikdir.

Oliver Xolms

Har qanday yalang`ochlik, hatto qalb yalang`ochligi ham haqoratlidir. Sir boy bermaslik odamlarni nariroqda ushlab turadi va bizni muhofaza etadi. Bu niyatlarimizni yashirib turuvchi pardadir.

Frensis Bekon

Agar siringni dushmaning bilmasin desang, uni do`stingga ham aytma.

Qobus

Birovga sir aytib, saqla degandan,
Dil sirin hech kimga aytmagan ma`qul.
Ariq toshib ketsa bog`lab bo`lmaydi,
Suvni eng boshidan qaytargan ma`qul.
Bekitiqcha so`zni aytib bo`lmaydi,
Har majlisda aytib, qaytib bo`lmaydi.

Sa`diy

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08