Sevimli

Abdulaziz Kamilov Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Siyosat 12.10.2021, 10:10
Теглар: Abdulaziz Kamilov
Abdulaziz Kamilov Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

2021 yil 11 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Nur-Sulton shahrida  bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha Kengash vazirlar uchrashuvi doirasida Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokaralar o`tkazdi. Bu haqda O`zbekiston TIV axborot xizmati ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, muloqot chog`ida Hindiston tomoni davlatlararo munosabatlarning bugungi darajasini yuqori baholab, izchil va yuqori sur`atda rivojlanayotganini qayd etgan.

Bo`lib o`tgan muzokarada savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari, tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi muloqotini kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Afg`onistondagi hozirgi vaziyat, jumladan, mamlakatga insonparvarlik yordam ko`rsatish borasida atroflicha fikr almashilgan.

Shuningdek, Hindiston tomoni Afg`onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni o`rnatish bo`yicha O`zbekiston bilan faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirgan.

Шарҳлар

O`zbekiston va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqat qildi

10.01.2022, 18:31

2022-yil 10-yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o`rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan telefon orqali muloqot qildi....
TIV rahbari Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatining maxsus vakili bilan uchrashuv o`tkazdi

05.01.2022, 18:15

2022-yilning 5-yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatining Evroosiyo masalalari bo`yicha maxsus vakili Li Xueyni qabul qildi. Bu haqda...
O`zbekiston Tashqi siyosiy faoliyatining yangi konsepsiyasi loyihasi muhokama qilindi — TIV

31.12.2021, 11:15

2021-yil 30-dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O`zbekistonning xorijdagi elchilari, konsullik muassasalari rahbarlari va xalqaro tashkilotlar huzuridagi mamlakatimizning doimiy vakillari ishtirokida O`zbekiston...
Abdulaziz Kamilov “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti tashqi ishlar idoralari rahbarlarining uchinchi yig`ilishida ishtirok etadi

18.12.2021, 20:13

2021-yilning 19-20-dekabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti tashqi ishlar idoralari rahbarlarining uchinchi yig`ilishida ishtirok etish uchun Dehli...