O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning 2021 yil 7 oktyabrda Afg`onistonga amaliy tashrifi chog`ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida, bugun Afg`oniston Muvaqqat hukumati rahbarining o`rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salam Hanafiy boshchiligidagi delegasiyasi Termizga keldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, muzokaralarda O`zbekiston delegasiyasiga O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boshchilik qiladi.