"O`zgidromet" bugun O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma`lumot berdi. Unga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 19-24° iliqni tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-23° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 11-16° iliq bo`ladi.
Batafsil ma`lumot bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.