AsosiyJamiyat

Navoiyda buyum bozorida kamarga yashirilgan sovuq qurollar aniqlandi

'Navoiyda buyum bozorida kamarga yashirilgan sovuq qurollar aniqlandi'ning rasmi

Navoiy shahar IIB HPB xodimlari viloyat DSI vakillari bilan hamkorlikda “Tig`” tadbirini o`tkazishdi. Shahar markazida joylashgan Markaziy buyum bozorida o`tkazilgan tadbir davomida mazkur hududdagi barcha savdo nuqtalari ko`zdan kechirildi. 

“Postda” muxbirining ma`lum bo`lishicha, o`rganishlar jarayonida erkaklar kamarining boshlang`ich qismiga taqiladigan, metalldan tayyorlangan buyumlar osoyishtalik posbonlarining diqqatini tortgan. Mazkur buyumlar kastet deb atalib, og`ir tan jarohati etkazish xususiyatiga ega bo`lgan sovuq qurollar sirasiga kiradi.

Tadbir davomida jami 11 dona kamarga o`rnatilgan kastet aniqlanib, musodara qilindi. Bu kabi holatlarga qayta yo`l qo`ymasliklari yuzasidan sotuvchilar bilan profilaktik-ogohlantiruv suhbatlari o`tkazildi.

Eslatma: Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan, sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo`lgan ashyolarni ulardan kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xo`jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog`liq bo`lgan hollarda, jamoat joylarida ochiq (g`ilofsiz) holda olib yurish bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar