Kecha yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 400 nafardan kamayib, 12 ta hududda 480 nafardan ziyod bemor kasallikdan to`liq sog`aydi. Bu haqda SSV ma`lum qildi.
2021 yil 16 oktyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 180958 (+392) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 6 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 13 nafari Andijon viloyatida,
- 10 nafari Buxoro viloyatida,
- 9 nafari Jizzax viloyatida,
- 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 2 nafari Navoiy viloyatida,
- 14 nafari Namangan viloyatida,
- 39 nafari Samarqand viloyatida,
- 12 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 32 nafari Farg`ona viloyatida,
- 24 nafari Xorazm viloyatida,
- 99 nafari Toshkent viloyatida,
- 126 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 7 nafar,
- Andijon viloyatida 14 nafar,
- Buxoro viloyatida 10 nafar,
- Jizzax viloyatida 9 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,
- Navoiy viloyati 3 nafar,
- Samarqand viloyatida 37 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 4 nafar,
- Farg`ona viloyatida 32 nafar,
- Xorazm viloyatida 24 nafar,
- Toshkent viloyatida 116 nafar,
- Toshkent shahrida 222 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 176886 (+483) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1287 nafarni tashkil qildi.