AsosiyJamiyat

Samarqandda bog`chadan go`sht o`g`irlagan mansabdorlar ustidan tergov harakatlari olib borilmoqda

'Samarqandda bog`chadan go`sht o`g`irlagan mansabdorlar ustidan tergov harakatlari olib borilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi bog`chada mudira pishgan go`shtlarni o`g`irlab ketayotgani aks etgan video tarqalgan edi.

Shundan so`ng viloyat Maktabgacha ta`lim boshqarmasi Paxtachi tumanidagi 28-sonli DMTTning bosh oshpazi O`.A. va xo`jalik mudirasi M.E. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan haqida xabar berdi.

Bosh prokuraturaning ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani prokuraturasi tomonidan o`tkazilgan tekshirish natijalariga ko`ra, 28-sonli davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.  

Tergov harakatlari olib borilmoqda

    Boshqa yangiliklar