AsosiyJamiyat

Kecha tunda “Suvmash" zavodida yong`in chiqdi

'Kecha tunda “Suvmash" zavodida yong`in chiqdi'ning rasmi

FVVning xabariga ko`ra, 2021 yil 17 oktyabr kuni soat 03.24 da Boyqaro ko`chasi 11-uyda joylashgan “Suvmash" zavodi hududida yong`in chiqqan. 

Ma`lum qilinishicha, zavod hududida ijarada bo`lgan “Texnopleks” MChJga qarashli  teploizolyasiya ishlab chiqarish sexi bostirmasining ichki va tom qismi hamda uning mahsulotlari 1200 kv.m. maydonda yongan. Yong`in soat 04:21da qurshab olinib, soat 04:44da o`chirilgan. Yong`indan bostirma va unga tutash binolarning 5000 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

 Hozirda yong`in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar