AsosiyJamiyat

O`zbekistonda jami 23,8 million dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaksina qo`llanildi

'O`zbekistonda jami 23,8 million dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaksina qo`llanildi'ning rasmi

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 23,8 million dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaksina qo`llanildi.   Bu haqda SSV ma`lum qildi.

 16 oktyabrda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 201 043 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi.

 Ulardan:    

  • 1-bosqich emlanganlar 79 993 nafarni,  
  • 2-bosqich emlanganlar 67 745  nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 53 305  nafarni tashkil qildi.

     

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 23 846 899 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 12 772 433 nafarni,  
  • 2-bosqichda emlanganlar 7 524 561 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 3 549 905  nafarni tashkil qildi.  

 

Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 5 688 341  nafarni tashkil qilmoqda

Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

  • Namangan viloyati (26 160 doza),
  • Farg`ona viloyati (24 448 doza),
  • Toshkent viloyati (23 444 doza) band qildi.

Farg`ona, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida jami qo`llanilgan vaksinalar miqdori 2 million dozadan oshib ulgurgan.

 

    Boshqa yangiliklar