O`zbekistonning birinchi “Qanot Sharq” xususiy aviakompaniyasi Toshkentdan Moskvaga parvozlarni yo`lga qo`ydi.
Birinchi reys 14 oktyabr kuni amalga oshirilgan. A320-200 samolyotidagi parvozlar Vnukovo aeroportiga qo`nadi.
Jadvalga ko`ra parvozlar Toshkentdan haftaning payshanba va shanba kunlari bajariladi. Yaqin kunlardagi reyslar 21, 23, 28 va 30 oktyabr kuniga rejalashtirilgan.
Kompaniya birinchi Airbus A320 yo`lovchi samolyotini aprel oyida qabul qilib olgan edi. Yil oxiriga qadar aviatashuvchi qo`shimcha ravishda yana ikkita katta sig`imga ega Airbus A320ga ega bo`lishi lozim.